Qozog‘istonda chuchvaradan zaharlanish qayd etildi

Qozog‘istonda chuchvaradan zaharlanish qayd etildi

Holat 13 iyun kuni Qiziljar tumanining Nadejka qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishilik oila kechki ovqat uchun mahalliy do‘kondan chuchvara sotib olib, uni pishirgan. Ovqat iste’mol qilingan so‘ng gazli ichimlik ham ichilgan.

Ovqatdan zaharlanish sabab uch va olti yoshli bola vafot etgan. Ularning onasi va 10 yoshli akasi hozirda kasalxonada davolanmoqda.

Ayni damda holat yuzasidan polisiya tergov boshlagan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan “Sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida odamlarning ommaviy zaharlanishiga, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan” moddasi bilan Tergovga qadar tekshiruvlarning yagona reestriga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!