Qoramol go‘shti importi 13,8 ming tonnaga oshdi

Qoramol go‘shti importi 13,8 ming tonnaga oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

Belarus – 17,1 ming tonna
Qozog‘iston – 11,6 ming tonna
Braziliya – 1,4 ming tonna
Hindiston – 967 tonna
Rossiya – 791 tonna


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!