Qora dengiz uzra AQShga tegishli strategik dronlap parvozlarining intensivligi oshdi

Qora dengiz uzra AQShga tegishli strategik dronlap parvozlarining intensivligi oshdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz uzra AQShga tegishli strategik dronlap parvozlarining intensivligi oshganini ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar va NATO davlatlarining Ukraina mojarosidagi ishtiroki darajasi oshayotganligi sababli turli salbiy hodisalar ehtimoli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik xavfi ortib bormoqda", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Bunga javoban, Pentagon AQSh Qora dengizning xalqaro suvlari ustida parvozlarni davom ettirishini ma’lum qildi

"Biz xalqaro suvlarda va qonun tomonidan ruxsat etilgan boshqa hududlarda uchish, suzish va boshqa turdagi faoliyat yuritishda davom etamiz", deya munosabat bildirdi AQSh Mudofaa vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!