Qoidabuzar haydovchilar qaysi hududda ko‘p ekanligi ma’lum qilindi

Qoidabuzar haydovchilar qaysi hududda ko‘p ekanligi ma’lum qilindi

Qoidabuzarliklar to‘g‘risida ko‘p va xo‘p gapirildi. Ular orqali jamiyatga, fuqarolarga yetkazilayotgan zararlar ko‘lami nihoyatda katta. Qoidabuzarliklar va ular tufayli yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalari tufayli bevaqt xazon bo‘lgan umrlar qancha. Bu ijtimoiy xavfli hodisa sabab nogironlik azobiga duchor bo‘lgan fuqarolar nolasi olamni buzadi. Ammo, mas’uliyatsiz, shoshma-shoshar ayrim haydovchilar qoidabuzarliklarni hamon sodir etishmoqda. To‘g‘ri, yo‘l-transport hodisasini hech kim ataydan sodir etmaydi. U aksariyat hollarda ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga keladi. Ehtiyotsizlik esa qonun va qoidalar talablarini bilmaslik mahsulidir.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida respublikamiz bo‘yicha jami 2 million 465 ming 749 ta qoidabuzarlik qayd etildi va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bu qoidabuzarliklarning 1 million 066 ming 645 tasini qo‘pol qoidabuzarlik tashkil etadi. Bu turdagi qoidabuzarliklar esa insonlar o‘limiga, ularni turli darajadagi tan jarohatlari olishiga, mol-mulklarini shikastlanishiga sabab bo‘ladi.

Qoidabuzarliklarning shunday bir turi borki, sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarida ularning salmog‘i nihoyatda katta. Bular tezlik talablarini buzilishi, svetoforning ta’qiqlovchi ishorasida harakatlanish, qarama qarshi yo‘nalishga chiqqan holda harakatlanish kabi holatlardir. Agar ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, besh oy davomida kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali jami 458 ming 812 ta ana shunday qoidabuzarliklar aniqlandi.

Aniqlangan bu qoidabuzarliklarning 141 055 tasi Toshkent shahri, 48 061 tasi Farg‘ona, 45 110 tasi Samarqand, 41 440 tasi Toshkent, 33 771 tasi Jizzax viloyatlari hududlariga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan viloyatlarda ham shunga yaqin raqamlarni ko‘rish mumkin.

Bir qarashda oddiy ko‘ringan bu metematik sonlarni yaxshilab taxlil qilinsa, ular ortida insonlar hayoti turganligi, ularning har biri sizu bizning yaqinlarimiz, do‘stlarimiz, tanishlarimiz ekanligini esa har doim ham yodda tutavermaymiz. Peshona devorga tekkanida esa kech bo‘ladi.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslangan holda IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi harakatning barcha ishtirokchilarini “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilishga chaqiradi. 

Unutmang, qoidalar talablarini puxta o‘rganish o‘zingiz va o‘zgalar hayotini asrashda muhim ahamiyatga ega.

Shoshilmang, tez borgan joyga sekin borish ham mumkin. Buning uchun manzil tomon bir ozgina ertaroq chiqishni odat qiling. 

Harakatlanish madaniyati hayot odobi ekanligini yodda tuting.

Eng avvalo qoidalar talablarini buzmang, buzdingizmi, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga odatlaning. Kompyuterlashtirilgan tizim orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lang, aks holda u majburiy ijroga qaratiladi. Qarzdorlar esa yangi axborot kommunikasion texnologiyalarga asoslangan “Avtokon” qurilmasi orqali aniqlanadi. Qoidalar sizu biz uchun, xavfsizligimiz uchun xizmat qilishini unutmang, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!