Qiz pedikyur sabab oyoqlaridagi barmoqlaridan ayrildi (foto)

Qiz pedikyur sabab oyoqlaridagi barmoqlaridan ayrildi (foto)

Avstraliya fuqarosi Tailandda joylashgan bir kurortga tashrif buyurib, "baliqcha pedikyur” deb nomlangan ekzotik terapevtik usulni sinab ko‘rdi va o‘ng oyog‘idagi barcha barmoqlarini yo‘qotdi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

Bu hodisa 2010 yilda sodir bo‘lgan edi. To‘rt yil oldin, 2006 yilda esa avstraliyalik qiz allaqachon oyog‘idagi bir barmog‘ini yo‘qotgandi. Bunga esa shisha sinig‘ini bosib olganidan so‘ng tanasiga tushgan infeksiya sabab bo‘lgandi.

Tailandda u keng tarqalgan pardoz usulini sinab ko‘rishga qaror qildi, bu jarayonda u oyoqlarini undagi o‘lik terini yeyib yuboradigan kichik baliqchalar bilan to‘ldirilgan akvariumga tushirishi zarur edi. U shunday qildi ham. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yangi infeksiyaning sababi akvariumdagi iflos suv bo‘lgan. Avstraliyaning Pert shahriga qaytgach qiz o‘zini yomon his qila boshlagan. Tekshiruvlardan so‘ng qizga osteomiyelit tashxisi qo‘yilgan.

2012 yili qizning o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘i amputasiya qilingandi. Ammo infeksiya belgilari qaytib keldi va kelgusi besh yil mobaynida u yana to‘rtta barmog‘ini oldirib tashlashga majbur bo‘ldi.

Eng so‘nggi amputasiyadan so‘ng qiz Instagramdagi sahifasiga barmoqlaridan ajralgan oyog‘ining rasmini joylashtirdi. Uning aytishicha, qiz shu yo‘l bilan boshqa odamlarni ekzotik proseduralar xavfi haqida ogohlantirmoqchi ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!