Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida nizo yuzaga keldimi?

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida nizo yuzaga keldimi?

Qirg‘izistonning Botken viloyatiga qarashli Tash-Tumshuk qishlog‘ida Tojikiston fuqarolari bilan mojaro kelib chiqdi, deya xabar bermoqda «24.kg» Respublika Davlat chegara xizmatiga tayanib.

Bo‘limning ta’kidlashicha, tojikistonlik mahalliy aholi chegaraga yaqin hududda ta’mirlash ishlarini olib borishgan. Qirg‘iziston chegarachilari ishni to‘xtatishni talab qilganda esa o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqqan.

«Qirg‘iziston chegarachilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan», dedi agentlik. Tomonlarning muzokaralaridan so‘ng chegaradagi vaziyat barqarorlashdi.

Avvalroq xabar berilganidek, Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati respublikaning Mustaqillik kunini nishonlash paytida davlat chegarasini qo‘riqlash uchun kuchaytirilgan rejimga o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!