Qashqadaryo viloyatining deyarli 200 mingga yaqin o‘rta maktab o‘quvchilari “Mening kinoqahramonim” mavzusida o‘tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok etmoqda

Qashqadaryo viloyatining deyarli 200 mingga yaqin o‘rta maktab o‘quvchilari “Mening kinoqahramonim” mavzusida o‘tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bugun Qashqadaryo viloyatidagi 1200 ta maktabda “Mening kinoqahramonim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilmoqda.

1200 dan ortiq maktabning 200 mingga yaqin 8-10-sinf o‘quvchilari klassik va zamonaviy milliy filmlar bilan tanishib, ijodiy insholar yozmoqda. O‘quvchilarga namoyish etish uchun Abdulla Qodiriy asari asosida suratga olingan “O‘tkan kunlar” (1969), O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan rejissyor Furqat Usmonov tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” (2020), Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Ilhak» (2021) va rejissyor Ilhom Xaydarov toionidan suratga olingan “Matonat maktabi” (2022) filmlari tanlab olingan.

– O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov viloyatimizning Koson tumanida tug‘ilganligidan fahrlanaman, ma’lumki uning 7 nafar aka-uka va opa-singillari bor edi, – deydi Qarshi tumanidagi 10-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Nurmatov Quvonch. - Menga film juda yoqdi. Abdulla Oripov dono, vazmin, bilimli inson. Uning tajribasi biz uchun katta saboq bo‘ladi. Uning she’rlari maktab o‘quv dasturiga kiritilgan bo‘lib, adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shganini bilamiz. Uning haykali Toshkentdagi Yozuvchilar xiyoboniga o‘rnatilgan, biz uni ko‘rish uchun albatta boramiz.

– Zulfiya Zokirovaning hikoyasi meni juda ham ta’sirlantirdi. U hech bir ona chiday olmaydigan fojiaga bardosh berdi, - deydi 10-maktab o‘quvchisi Rahmatullayeva Charos. - Filmni ko‘rib hammamiz yig‘ladik. Bu qo‘rqinchli, lekin ayni paytda juda ta’sirli va muhim hikoya. Unda Vatanga sadoqat, xalqimizning buyuk jasorati haqida so‘z boradi.

– Biz “Matonat maktabi” filmini tomosha qildik. Tokio Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan paralimpiyachi sportchimiz Elbek Sultonovning matonati meni juda ham ruhlantirdi. Biz, yoshlar hayotda o‘z o‘rnimizni topishimiz uchun Prezidentimiz tomonidan juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda, biz ham shunga yarasha bilimlarimizni oshirishimiz, o‘qib o‘rganish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim, – deydi 10-maktabning 9-A sinf o‘quvchisi Avliyaqulov Ozod.

– Biz to‘rtta film namoyishini tashkil etdik va ushbu tashabbus bolalarni qanchalik ilhomlantirayotganiga, ular obraz va personajlar bilan ishlayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ular insho ustida ishlashga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda va mas’uliyat bilan yondashmoqda, – deydi Qarshi tumanidagi 10-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Xafiza Xudoyberdiyeva.

– Bugun maktablarda insholar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda, keyinroq tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi, 15 ta tumanning eng yaxshi o‘quvchilari esa viloyat bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Insholar tanlovi 17 mayga qadar davom etadi, – deydi Qarshi viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Karimov To‘lqin Tursunovich.

– Maqsadimiz bolalarning milliy kinoga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, shuningdek, real hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan qahramonlarning turli xarakterlarini ko‘rsatishdan iborat. O‘tkazilayotgan aksiya yoshlarning ma’naviyatini shakllantirishga, yaxshilik va yomonlik, sadoqat va xiyonat nima ekanligini haqida hayotiy misollar yordamida ma’lumot berishga yordam beradi, natijada yoshlar hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga o‘rganadi, – deb fikr bildirdi Kinematografiya agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!