Qariyb o‘n yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan qotil O‘zbekistonda qo‘lga olindi

Qariyb o‘n yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan qotil O‘zbekistonda qo‘lga olindi

Jinoyatchi Toshkent viloyati hududida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «Kazinform».

«Turkiston viloyati polisiya departamentining kriminal polisiya xodimlari tomonidan qotilligi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Tojikiston Respublikasi fuqarosini qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha operasiya muvaffaqiyatli yakunlandi», - deb ma’lum qildi Qozog‘iston IIV rasmiy vakili Almas Sadubayev.

Qayd etilishicha, u qariyb o‘n yil davomida odil sudlovdan yashirinib yurgan.

«Jinoyatchining joylashgan manzili haqida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz xabar qilishdi. Ikki davlat polisiyasining yaqin hamkorligi natijasida u O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatida qo‘lga olindi va qilmishiga yarasha jazo oladi», - dedi Almas Sadubayev.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!