"Qamchiq"da yuk mashinasi yonib ketdi

"Qamchiq"da yuk mashinasi yonib ketdi

18 dekabr kuniga o‘tar kechasi “Qamchiq” dovonida Toshkent tomon yo‘l olgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 234 kilometrida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 5 daqiqada FVVning "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelishdi. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisaga simlarning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Mazkur holatda jabrlangan yoki qurbonlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidrometning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 19-20 dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi, ba’zida esa kuchayishi, shuningdek, tuman tushishi va shamol esishi kutilmoqda. Yo‘llarda muzlamalar paydo bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan, dovonda harakatlanuchi haydovchilardan barcha ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!