Putinni tarixiy shaxs deb hisoblovchilar soni yana ikki baravarga kamaydi

Putinni tarixiy shaxs deb hisoblovchilar soni yana ikki baravarga kamaydi

«Levada-sentr» agentligi (Rossiyada «xorijiy agent» sifatida tan olingan) rossiyaliklar orasida o‘tkazilgan «Tarixdagi eng taniqli shaxslar» so‘rovnomasi natijalarini e’lon qildi. So‘nggi marta bunday so‘rov 2017 yilda o‘tkazilgan.

Yangi so‘rovnomada Rossiya prezidenti Vladimir Putinni taniqli tarixiy shaxs deb biladigan rossiyaliklar ulushi ikki baravarga kamaygan — 34 foizdan 15 foizgacha.

Shuningdek, Aleksandr Pushkin (34 foizdan 23 foizgacha) va Pyotr I (29 foizdan 19 foizgacha)ning mashhurligi ham pasaygan. Shu bilan birga, akademik Andrey Saxarovni taniqli tarixiy shaxslar qatoriga qo‘shganlarning ulushi 2017 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan — 2 foizdan 7 foizgacha.

So‘rovnomada bu safar ham eng ko‘p ovozni Iosif Stalin oldi — 39 foiz. Uning nomi 2012 yildan beri so‘zsiz yetakchi bo‘lib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!