Putinga Timur Ivanovning hibsga olingani haqida ma’lumot berildi

Putinga Timur Ivanovning hibsga olingani haqida ma’lumot berildi

Vladimir Putinga Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovning hibsga olingani haqida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi. Shunigdek, mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham oldindan xabardor qilinganini ta’kidladi.

Ivanov 2016 yildan buyon Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U RF Qurolli Kuchlarini mulkni boshqarish, qo‘shinlarni joylashtirish, shuningdek uy-joy va tibbiy yordamni tashkil etish bo‘limida mas’ul edi. Bungacha u uch yil davomida “Oboronstroy” bosh direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, 2012-2013 yillarda Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari bo‘lgan, Rossiya yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida ishlagan.

Shuningdek, Ivanov Mariupolni qayta tiklash uchun mas’ul edi.

Ivanov kamida 1 million rubl pora olganlikda gumon qilinmoqda. Uni 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda, deb yozadi OAV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!