Prokuratura Jizzaxdagi "dahshatli jinoyat" yuzasidan ma’lumot berdi

Prokuratura Jizzaxdagi "dahshatli jinoyat" yuzasidan ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Jizzax, Zomin tumanida dahshatli jinoyat sodir bo‘lgan, lekin IIB xodimlari ishni nega yopishga urindi?” sarlavhali video tarqalgandi. Jizzax viloyat prokuraturasi video yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 9 iyul kuni Zomin tumani markazida “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi N.I hamda “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi X.I.lar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganligi oqibatida fuqaro N.I vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 5 avgust kungi xulosasiga ko‘ra, marxum N.I.ning o‘lim sababi: bosh miya yopiq jarohati, miya pardalari ostiga va miya to‘qimasiga qon quyilishi oqibatida sodir bo‘lganligi; tan jarohatlari: bosh miya yopiq jarohati, miya pardalari ostiga va miya to‘qimalariga qon quyilishlari, peshona sohasi yirtilgan jarohati, burun usti shilinmalari, ikkala lab qontalashlari qattiq o‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan bo‘lishi, marhum o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib olgan bo‘lishi mumkinligi inkor etilmasligi va boshqalar ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha avgust oyida “Qayta sudga oid tibbiyot ekspertizasi” tayinlanib, qayta ekspertiza uchun murdadan ekspert tekshiruvi namunalar olishi uchun Zomin tumanidagi “Ho‘ja-Said” qabristoniga ko‘milgan marhum N.I.ning murdasi eksgumasiya qilinib, tegishli tergov harakatlari o‘tkazilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.           

Shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlarini to‘liq, xolisona va har tomonlama o‘tkazish va qonuniy qaror qabul qilish haqida yozma ko‘rsatma berilib, nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!