Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi

Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi

Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi.

Yangi saytda «Prezident Administrasiyasi» bo‘limi ochilgan. Unda prezident maslahatchilari, Prezident Administrasiyasining asosiy vazifalari, Administrasiya Ijro etuvchi apparati rahbariyati, prezident va Administrasiya huzuridagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Saytning bosh sahifasida dunyo va O‘zbekiston xaritasi joylashtirilgan. Bu funksiya yordamida prezidentning xorijga va mamlakatimiz hududlariga tashriflari haqidagi axborotlarni xarita orqali topish mumkin.

Saytda Prezident virtual qabulxonasi» portaliga o‘tish, Xalq qabulxonalarining aloqa ma’lumotlarini izlash kabi qulayliklar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!