Prezidentga Toshkent ayeroportini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi

Prezidentga Toshkent ayeroportini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroporti modernizasiya qilinib, yo‘lovchilar uchun sharoitlar yaxshilanmoqda. Xizmat turlari, ro‘yxatdan o‘tkazish va samolyotga chiqish yo‘laklari ko‘paytirildi. Umuman, uch yillik rekonstruksiya ishlari natijasida poytaxt ayeroportining jo‘nab ketish terminali maydoni 56 ming kvadrat metrdan 80 ming kvadrat metrgacha kengaydi.

Hozirgi kunda ayeroportdagi uchib ketish terminali rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Ishlar uch bosqichda amalga oshirilib, ro‘yxatdan o‘tkazish, bojxona nazorati va xavfsizlik imkoniyatlari kengaytiriladi. Natijada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1200 yo‘lovchidan 2400 nafarga yetadi.

Shuningdek, Toshkent xalqaro ayeroportida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilgan. Buning natijasida yuklarga xizmat ko‘rsatish quvvati 300 tonnaga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!