Prezidentga maslahat: Putin bilan yakkama-yakka uchrashma

Prezidentga maslahat: Putin bilan yakkama-yakka uchrashma

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko bo‘lajak “normand to‘rtligi” sammitidan xavotirda va amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bermoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

“Eng muhim maslahat: Putinga ishonmaslik... Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bergan bo‘lardim”, - degan Poroshenko.

Qolaversa, u Zelenskiyga uchrashuv kun tartibiga Rossiyaning Ukraina uchun foyda keltirmadigan kelishuvlar to‘plamini shakllantirishiga imkon bermaslik uchun gaz masalasini kiritmaslikni maslahat bergan.

“Normand to‘rtligi” ko‘rinishidagi Ukraina bo‘yicha muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Unda Rossiya, Germaniya, Ukraina va Fransiya yetakchilari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi. Navbatdagi sammit 9 dekabr kuni Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!