Prezident o‘quvchilarning maktabda ibodat qilish huquqini ta’minlamoqchi

Prezident o‘quvchilarning maktabda ibodat qilish huquqini ta’minlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp yosh nasroniylar, yahudiylar va musulmonlarni Oq uyga taklif qilib, ulardan maktablarda duch kelayotgan diniy kamsitishlar haqida tinglagan. 

Oq uy rasmiysi Jou Groganning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi huquqiy me’yorlar o‘quvchilarning maktabda ibodat qilish huquqini kafolatlaydi, ammo amalda mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari ham qonunga rioya qilmayapti.

AQSh Ta’lim vazirligi barcha shtatlarning ta’lim boshqarmalariga o‘quvchilarning diniy amallar bo‘yicha huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatuvchi xat yuborishi kutilmoqda. 

“Ta’kidlash joizki, Amerika prezidenti bu bilan o‘zi muntazam ravishda yomonotliq qilib kelayotgan musulmonlarning manfaatlarini emas, balki nasroniy-evangelist doiralaridagi o‘z elektorati haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda. O‘tgan oyda yevangelistlarning nufuzli jurnali Trampni “axloqan buzuq” deb atadi va uni lavozimidan chetlanishga chaqirdi, bu esa prezidentning diniy sohada faolroq bo‘lishiga olib keldi”, – deya yozadi Islamnews.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!