Poytaxtda ikki kun davomida fuqarolardan 224 ta pichoq olib qo‘yildi

Poytaxtda ikki kun davomida fuqarolardan 224 ta pichoq olib qo‘yildi

Toshkent IIBB xodimlari Toshkentda 12 va 13 fevral kunlari davomida 224 ta pichoqlarni olib qo‘yishdi.

Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyim cho‘ntagida yoki avtomobil salonida saqlaganlar. Ammo ularning maqsadi charxlash yoki YTHda jabrlangan kishining xavfsizlik kamarini kesishda bo‘lmagan.

Ba’zi fuqarolarda ikki-uchtadan pichoq, bita (chillak), metall simlar bor edi. Olib qo‘yilgan pichoqlar yaxshi charxlangan, ko‘plarining tig‘lari 20 santimetrdan oshadi va kertiklari hamda qon oqish joylari ham bor. Ya’ni, ushbu pichoqlar va bitalar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohati yetkazish mumkin bo‘lgan sovuq qurol sifatida saqlagan.

Pichoqlardan tashqari, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari (beysbol sport sifatida bizda keng tarqalmagan paytda), metall sim va tayoqlar, pnevmatik to‘pponchalar ham olib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!