Portugaliya hukumati Roman Abramovichning 10 million yevrolik mulkini muzlatib qo‘ydi

Portugaliya hukumati Roman Abramovichning 10 million yevrolik mulkini muzlatib qo‘ydi

Portugaliya hukumati rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning 10 million yevrolik mulkini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda mahalliy Publico nashri xabar tarqatmoqda.

Nashrning yozishicha, gap mamlakat janubidagi Algarvedagi Kinta-du-Lagodagi tadbirkorning uyi haqida ketmoqda. Publico nashrining yozishicha, fevral oyida Abramovichning sarmoyaviy xoldingiga tegishli Millhouse Views LLC ushbu uyni Britaniya fuqarosiga sotishga uringan, biroq Caixa Geral de Depositos banki sotishga urinish haqida polisiyaga xabar bergan.

Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi talabi bilan 25 martdan beri mulk muzlatib qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!