Politico: AQSh Rossiyaning Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligini istisno etmaydi

Politico: AQSh Rossiyaning Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligini istisno etmaydi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylarining fikricha, agar Rossiya qo‘shinlari mavqeini yo‘qotishda davom etsa, Rossiya NATO bilan yadroviy qarama-qarshilikka kirishdan avval Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkin, deb yozadi Politico nashri bundan xabardor olti kishi, jumladan Pentagonning yuqori martabali mulozimlariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainada shunday hujum sodir bo‘lishi kutilayotganini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlariga ega emas. AQSh Mudofaa vazirligining ko‘plab rasmiylari qish oylarida harbiy harakatlar sekinlashadi va hech bir tomon muhim hududlarni qaytarib ololmaydi, degan fikrda.

"Ammo jang maydonidagi talofatlar davom etsa yoki Rossiya armiyasi mag‘lub bo‘lsa, bu masala bo‘yicha ba’zi yuqori martabali rasmiylar Moskva kimyoviy qurol, jumladan, muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq qurollardan foydalanishi mumkin, deb hisoblashadi", deyiladi xabarda.

"Bunday hujumda yashirish oson bo‘lgan moddalar qo‘llanilishi mumkin, bu esa aybni Moskvaga yuklashni qiyinlashtiradi", deydi rasmiylardan biri. Ba’zi kimyoviy moddalar ommaviy qurbonlar hujumida qo‘llanilishi mumkin.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi bu masalaga izoh berishdan bosh tortdi.

"AQShning fikricha, Rossiya kimyoviy qurol salohiyatini oshirishga sarmoya kiritmoqda", deya qayd etmoqda Policito.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!