Pavel Durov amerikalik jurnalist, "Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu berdi

Pavel Durov amerikalik jurnalist, "Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu berdi

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov amerikalik jurnalist, "Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu berdi

Pavel Durovning intervyu davomida bildirgan asosiy fikrlari:

◾️Men hech qanday razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilmayman. Bunday mazmundagi xabarlar Telegram'ni obro‘sizlantirishga urinishdir;

◾️AQShda Federal qidiruv byurosi tomonidan ta’qib qilinganman. Ular, shuningdek, Telegram xodimlaridan birini o‘zlari bilan hamkorlikda ishlash uchun yollamoqchi bo‘lishgan;

◾️Telegram ko‘pincha norozilik namoyishlari paytida foydalaniladi, lekin siyosiy jihatdan u neytraldir;

◾️Telegram - bu erkinlik ramzi, unda hech qachon senzura bo‘lmaydi;

◾️Telegram'ning ofisi Dubayda joylashgan, chunki BAA siyosiy jihatdan neytral davlat hisoblanadi. Byurokratiya tufayli London, Berlin va Singapurda ofislarimizni ochib bo‘lmadi;

◾️ Telegram foydalanuvchilar soni hozirda 900 millionni tashkil etadi, yil oxirigacha bu raqamni milliard nafarga yetkazishni mo‘ljallayapmiz;

◾️ Telegram'ni reklama qilish uchun umuman pul sarflanmaydi;

◾️iPhone va Android platformalari ishonchli emas. Telegram'ni eng ko‘p aynan shular cheklashga harakat qiladilar, qaysidir mamlakatlar rasmiylari emas;

◾️Hisob raqamlarimda yuzlab million dollar bor, lekin ko‘chmas mulk, samolyotlar va yaxtalarim yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!