Past Darg‘omda xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkak 24,5 yilga qamaldi

Past Darg‘omda xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkak 24,5 yilga qamaldi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida xotini va qaynonasini urib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Yoshlar telekanlining «Yangi Davr» informasion dasturida ma’lum qilindi.

2021 yil 18 iyul kuni soat 23:00 larda spirtli ichimlik va giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan O. arazlab, ota uyiga ketib qolgan ayolining oldiga borgan. U yerda oldindan kelishmay yurgan qaynonasi va xotini bilan janjallashib, ularni qo‘l va oyoqlari bilan shavqatsizlarcha kaltaklagan. Bunga guvoh bo‘lgan qaynukasini ham do‘pposlagan.

Badanning turli joylariga berilgan zarbalar oqibatida xotini ham, qaynonasi ham vafot etgan.

Sud hukmi bilan aybdor er Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!