Oyoq gangrenasi - koronavirusning yana bir qo‘rqinchli asorati deb baholandi

Oyoq gangrenasi - koronavirusning yana bir qo‘rqinchli asorati deb baholandi

Singapurlik shifokorlar koronavirus keltirib chiqaradigan yana bir asoratni isbotlashdi. Bu aortada tromblar paydo bo‘lganda rivojlanadigan oyoq gangrenasidir.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, 39 yoshli erkak kutilmaganda o‘ng oyoqdagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan. Uning uchta barmog‘ida esa gangrena rivojlana boshlagan. Tibbiyot xodimlari bu aortada qon quyuqlashishi tufayli kelib chiqqanini aytishmoqda. Bungacha u o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulangan bo‘lib, bir necha kun hushsiz holatda yotgan. Erkakni tezda operasiya qilishib, unga doimiy stent o‘rnatishdi. Uch oydan so‘ng uning gangrenasi yo‘qolib, bemor yana bemalol yura boshladi.

«Katta qon aylanish doirasining eng yirik qon tomiri hisoblangan aortada kamdan-kam hollarda tromb yuzaga keladi», — dedi Tan Tok Sen shifoxonasining yetakchi maslahatchisi, umumiy jarrohlik bo‘limi boshlig‘i, professor Glenn Tan.

Uning tasdiqlashicha, bemor isitma va nafas siqishi bilan shifoxonaga yotqizilgan, unda boshqa kasalliklar qayd etilmagan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan kasallangan og‘ir bemorlarda tromb hosil bo‘lish xavfi yuqori bo‘lib, bu insult, yurak xuruji va boshqa xavfli asoratlarga olib kelishi hech gap emas.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, tromb paydo bo‘lgan koronavirus bemorlari ko‘p emas. Chunki ularning aksariyati nisbatan yosh va sog‘lom insonlardir.

«Oyoq gangrenasi diabet kabi kasalligi bo‘lmagan yoshlar uchun noodatiy hol», — deya izohladi Tan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!