Otasiga noqonuniy pensiya to‘lagan ayolning jinoyati fosh bo‘ldi

Otasiga noqonuniy pensiya to‘lagan ayolning jinoyati fosh bo‘ldi

Voronej viloyatida Nafaqa fondi xodimi qonunga zid ravishda, o‘z otasiga 150 ming rubl miqdorida nafaqa ajratgan. Bu haqda hudud prokuraturasining rasmiy portalida xabar qilinmoqda.

55 yoshli ayol katta miqdordagi davlat mulkini noqonuniy tarzda o‘zlashtirgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra ayol 2015 yilning iyulidan 2017 yilning avgustigacha federal byudjetni o‘margan.

Bundan tashqari ayol pullarni otasining pensiyasiga o‘tkazish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan va davlatga umumiy 3,5 million rubl zarar yetkazgan.

Pensiya fondi xodimi aybini tan oldi va yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi. Hozirda ayolga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga 10 yil qamoq jazosi belgilanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!