Oqqushlar kimga tegishliligini bilasizmi?

Oqqushlar kimga tegishliligini bilasizmi?

Buyuk Britaniyada XII asrdan beri amalda bo‘lib kelayotgan Swan Upping qonuniga ko‘ra, mamlakatdagi barcha yovvoyi oqqushlar qirol/qirolicha  mulki sanaladi. O‘tmishda oqqush go‘shtidan  faqat ingliz qirollari dasturxoni uchun taomlar hozirlangan. 

Hozirda oqqush go‘shti iste’mol qilinmasa-da, ular  Qirolicha Yelizaveta II ning mulki sanaladi. Har yili iyul oyining 3-haftasida qirollik xonadonining mas’ul xizmatchilari Temza daryosi va uning irmoqlari bo‘ylab oqqushlarga maxsus halqa ilib chiqishadi.

Bu oqqushning qonunan Qirolicha qaramog‘iga olinganini bildiradi. Mazkur qushlarni ovlash, ularga zarar yetkazish qat’iyan taqiqlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Oqqushlarning ikki turi “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan bo‘lib, mamlakatlimizda ham ularni ovlash qat’iyan man etilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!