Oq uy Isroil moliya vazirini G‘azo bo‘yicha aytgan so‘zlari uchun tanqid qildi

Oq uy Isroil moliya vazirini G‘azo bo‘yicha aytgan so‘zlari uchun tanqid qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati G‘azo sektoriga yordam yetkazilishini blokirovka qilishga chaqirgan Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrixni tanqid qildi.

«Janob Smotrix tomonidan aytilgan fikrlar isroillik garovga olinganlar, o‘z vatandoshlari va amerikalik garovga olinganlarning hayotini samarali tarzda qurbon qiladi va urushning ushbu muhim bosqichida Isroilning milliy xavfsizlik manfaatlariga ziddir », dedi koordinator navbatdagi onlayn brifingda.

«Ular Isroil jamoatchiligini chalg‘itmoqda», dedi Oq uy vakili.
Brifingda jurnalistlardan biri 20 yillik faoliyatim davomida «Men AQSh hukumati rasmiy vakilidan Isroil vaziri haqida hech qachon bunday gaplarni eshitmaganman», deb ta’kidladi.

Kirbi, shuningdek, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 15 avgust kuni Qohira yoki Dohada boshlanishini tasdiqladi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!