Onasini "o‘rtaga qo‘yib", 12 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan jizzaxlik qiz firibgarmi?

Onasini "o‘rtaga qo‘yib", 12 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan jizzaxlik qiz firibgarmi?

Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqamasiga “O‘ratepalik” mahalla fuqarlar yig‘inida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkor, 1980 yilda tug‘ilgan, fuqaro E.A. firibgarlik qurboni bo‘lganligi vaji bilan murojaat qildi.
 Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining  "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, fuqaro E.A. o‘ziga oldindan tanishi bo‘lgan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, turmushga chiqmagan, vaqtincha ishsiz 1988 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.SH.ning “onam rak kasalligiga chalinib qolgan, pul berib turing, pullarni tezda qaytaraman” deb aldab, 2016 yil iyul oyidan 2018 yil iyul oyiga qadar jami 12 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib qaytarmay kelayotganini bildirgan.
Holat yuzasidan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqamasiga huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!