Olovli kard yig‘ilyapti. Tim Szyu ham ham Madrimov - Krouford oqshomida ringga chiqadi

Olovli kard yig‘ilyapti. Tim Szyu ham ham Madrimov - Krouford oqshomida ringga chiqadi

3 avgust kuni o‘tkazilishi kutilayotgan Isroil Madrimov va mutlaq jahon chempioni Terens Krouford oqshomining kardi shakllantirilmoqda.

Taniqli insayder Mayk Kopenjerning ESPN nashriga tayanib xabar berishicha, 3 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkaziladigan boks oqshomida Tim Szyu (24-1, 17 KO) hamda Vyorjil Ortis (20-0, 20 KO) ham o‘zaro jangda ringni ikkiga bo‘lishadi.

"Tim Szyuning Vyorjil Ortisga qarshi jangi 3 avgust kuni Los-Anjeles shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. Lekin buning uchun Ortis birinchi navbatda kelayotgan shanba oqshomida Tomas Dulormeni mag‘lub etishi shart. Shu holatdagina Szyu - Ortis jangini Krouford — Madrimov anderkardida ko‘rishimiz mumkin", — dedi Koppinjer o‘zining Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Tim Szyu o‘zining so‘nggi jangini Sebastyan Fundoraga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubih bo‘lgan edi. "Ti-Mobayl Arena"da o‘tgan 12 raundlik jangda g‘alaba qozongan Fundora Szyuning kamarini tortib olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!