Oliy sud bloger Xurshid Daliyevni haqorat qilgan hokimlik xodimiga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini rad etdi

Oliy sud bloger Xurshid Daliyevni haqorat qilgan hokimlik xodimiga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini rad etdi

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qoshqarovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Human.uz axborot portali muassisi hisoblangan “Human Media” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, jurnalist va bloger Xurshid Daliyevning shikoyatiga asosan Andijon shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakuniga ko‘ra shunday qaror qabul qilingan, deyilgan xabarda.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning «Daryo» nashriga xabar berishicha, 4 yanvar kuni holatiga ko‘ra, Andijon shahar ma’muriy sudining ish yurituviga G. Q. ga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!