Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchi va trenerlarga bir martalik pul mukofoti ajratiladi, qolaversa, nufuzli musobaqalar g‘oliblariga stipendiyalar joriy etiladi.

Bu haqda 3 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimotda so‘z boradi.

Bugungi kunga qadar Olimpiada o‘yinlariga 41 ta yo‘llanma (13 ta sport turi bo‘yicha) va Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta yo‘llanma (5 ta sport turi bo‘yicha) qo‘lga kiritilgan. May-iyul oylarida Olimpiadaga yana 32 ta (9 ta sport turi bo‘yicha), Paralimpiyaga esa 30 ta (6 ta sport turi bo‘yicha) yo‘llanma olish imkoniyati mavjud.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Taqdimotga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlar:

  • Trenerlar — 50 mln so‘m;
  • Sportchilar — 100 mln so‘m miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

O‘yinlarda qo‘lga kiritilgan quyidagi medallar sohiblariga:

  • Oltin — $200 ming;
  • Kumush — $100 ming;
  • Bronza — $50 ming beriladi.

Shu bilan birga, nufuzli musobaqalar g‘oliblariga quyidagi miqdorda stipendiyalar tayinlanadi:

  • 217 nafar sportchiga — o‘rtacha 6−7 mln so‘mdan;
  • 169 nafar trenerga — o‘rtacha 5−6 mln so‘mdan;
  • Bunga, har oy — o‘rtacha 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talab etiladi.

Taqdimotda prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama munosib rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar ham bergan.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Bundan tashqari, yozgi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyogarlik ko‘rish dasturlari bo‘yicha ajritalgan mablag‘lar dinamikasi haqida ham so‘z borgan. Unga muvofiq, Rio-2016 dasturi bo‘yicha 44,12 mln AQSh dollari ajratilgan bo‘lsa, Tokio-2020 dasturi doirasida tayyorgarliklarga jami 62,49 mln dollar yo‘naltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!