O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik oqimi pandemiyadan oldingi darajaga chiqdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik oqimi pandemiyadan oldingi darajaga chiqdi

So‘nggi to‘rt yilda rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga kelish ko‘rsatkichi 10 barobar oshdi.

Bizning fuqarolarimizda ham Rossiya turizmiga qiziqishi ortmoqda. Natijada o‘zaro sayyohlik oqimi yana pandemiyagacha bo‘lgan darajaga chiqdi. Bu tahlil Rossiya Federasiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi e’lon qilgan matbuot xabarnomasida keltirilgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga kelgan rossiyalik sayyohlar soni 37 000 dan 403 000 ga ko‘tarilgan. 2023 yil mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijlik turistlar miqdorida rossiyaliklarning ulushi qariyb 33 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonliklar tomonidan o‘tgan yil RFga 800 mingdan ortiq sayohat amalga oshirilgan – bu avaalgi yilgidan ikki barobar ko‘p.

Ta’kidlanganidek, rus va o‘zbek xalqlari o‘rtasida til to‘sig‘i, deyarli, yo‘qligi, shuningdek YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan me’morchilik durdonalari bilan tanishish imkoniyati har ikki tomondan sayyohlarni jalb etmoqda. Qolaversa, rang-barang, jozibali va zamonaviy turizm mahsulotlari yaratish bo‘yicha respublikamiz rahbariyati tomonidan puxta tuzilgan reja ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. RF Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvax Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida o‘tkazilgan “Turizm va madaniy meros” mavzusidagi sessiya chog‘i iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishga doir asosiy yo‘nalishlarni eslatib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!