Olimlar Yerdagi eng katta vulqon otilish xavfidan ogohlantirdi

Olimlar Yerdagi eng katta vulqon otilish xavfidan ogohlantirdi

Olimlar Yerdagi eng ulkan vulqonning otilish xavfidan ogohlantirdi, deb yozmoqda Sci Tech Daily.Olimlar Yerdagi eng katta vulqon otilish xavfidan ogohlantirdi

AQShning Mayami universitetining Dengiz va atmosfera fanlari maktabi olimlari Gavayi orollaridagi Mauna-Loa vulqoni ostida magmaning to‘planishini qayd etdi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda vulqon ostida magmaning to‘planish jarayoni kechmoqda. Ularning tashqariga otilib chiqishi jiddiy zilzilaga va halokatli vulqon otilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va GPS stansiyalari yordamida o‘lchangan vulqonning yerdagi harakatlarini tahlil qildi. Ularning aniqlashicha, 2014 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda, taxminan, 0,11 kub kilometr magma vulqon ostida to‘plangan va uning janubigacha ko‘chib, 2,5—3 kilometrgacha chuqurlikka kirib borgan.

Shuningdek, olimlarning ma’lumot berishicha, 2015 yilda magma topografik balandligi ancha past bo‘lgan joylargacha kengayishni boshlagan. Bu jarayon 2017 yilgacha davom etgan va magma oqimi zaiflashib, avvalgi gorizontal holatiga qaytgan. Magmada avval bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lib, bu jarayon yaqinlashayotgan 6 balli zilzila va fojiali vulqon otilishining belgisi bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!