Olimlar: boylarning farzandlari aqlli bolalarga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi

Olimlar: boylarning farzandlari aqlli bolalarga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi

Oliy ma’lumot olishga qobiliyat emas, balki pullar ko‘proq yordam beradi. Buni Nyu-York universiteti tadqiqotchilari aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, boy oilalardan bo‘lgan talabalar kambag‘allarga qaraganda, hatto kambag‘al tengdoshlari ko‘proq iqtidorli bo‘lsa ham, o‘qishni o‘z vaqtida tugatadilar. Tadqiqot Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi saytida e’lon qilindi.

Olimlar bir milliondan ortiq yoshlarning genetik ma’lumotlarini tahlil qilishdi, ularning qaysi biri yuqori o‘zlashtirishga bog‘liq bo‘lgan genlarga ega ekani aniqlandi. Shundan so‘ng, ular har bir o‘quvchining kollejdagi muvaffaqiyati qanday bo‘lgani va uning oilasi qanday daromadga ega ekanini aniqlashdi. Iqtidorli talabalar ham boy, ham kambag‘al oilalarda teng darajada bo‘lgan. Biroq, past daromadga ega oilalardan bo‘lgan iqtidorli talabalarning atigi 24 foizi kollejni tamomlashgan. Boy oilalardan bo‘lgan talabalar orasida bu ko‘rsatkich 63 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, boy oilalardan eng kam iqtidorga ega bo‘lgan talabalar orasida 27 foizi o‘qishni tamomlagan. Bu past daromadga ega oilalardan bo‘lgan eng kam iqtidorli talabalardan faqat 3 foizga ko‘p.

«Agar sizda resurslar yo‘q bo‘lsa, hatto iqtidorli bolalar ham jiddiy muammolarga duch kelishadi. Ularning salohiyati yo‘qoladi. Bu ular uchun ham, iqtisodiyot uchun ham yomon», - deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!