Obid Asomov o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Obid Asomov o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekkino Milliy agentligi tasarrufidagi Multiplikasion filmlar studiyasi Davlat unitar korxonasiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekkino Milliy agentligi tasarrufidagi Multiplikasion filmlar studiyasi Davlat unitar korxonasiga 2019 yil 21 yanvar kuni Jo‘rayev Otabek Alimovich direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Otabek Jo‘rayev O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. 2009-2012 yillari A.Hidoyatov nomli madaniyat uyi drama to‘garagi rahbari, 2013-2015 yillarda ZAO Djeneral Motors Pouertreyn Uzbekistan Logistika departamenti ichki logistika bo‘limi ishchisi, 2015-2017 yillari O‘zbekteatr ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Teatrlar ijodiy faoliyatini muvofiqlashtirish va shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017 yilda Madaniyat vazirligi Repertuar-tahririyat sho‘’basi bosh mutaxassisi, 2017-2018 yillarda O‘zbekfilm aksiyadorlik jamiyatida Ommaviy aloqalar menegeri, 2018 yildan hozirga vaqtga qadar O‘zbekfilm Davlat unitar korxonasi Bosh direktori yordamchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Multiplikasion filmlar studiyasi davlat unitar korxonasi direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!