Obid Asomov rahbarlik qilgan "Multiplikasion filmlar studiyasi”ga direktor tayinlandi

Obid Asomov rahbarlik qilgan "Multiplikasion filmlar studiyasi”ga direktor tayinlandi

Kecha ”O‘zbekkino” milliy agentligida multiplikasion filmlarni ishlab chiqarishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.  Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2020 yilda 30 ta, 2022 yilda esa davlat buyurtmasiga asosan har yili 50 tadan multiplikasion film yaratilishi kerakligi ta’kidlandi. Jamoatchilik tomonidan “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUKda tayyorlangan multfilmlarga nisbatan keskin e’tirozlar borligi aytildi. 

Yig‘ilishda Animasiya studiyalari assosiasiyasi rahbari, “FUTURIST” studiyasi asoschisi Salamov Bexzat Baxodirovichni “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK direktori lavozimiga ma’qullandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!