Nurmagomedov o‘zbekistonlik jangchi-qizga omad tiladi

Nurmagomedov o‘zbekistonlik jangchi-qizga omad tiladi

Rossiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha MMA jangchisi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaga bo‘lajak bellashuvda omad tiladi.

Bir necha kundan so‘ng, 24 oktyabrda Liliya Shakirova UFC-254 turnirida ishtirok etadi, uning raqibi - amerikalik Loren Merfi.

Habib Nurmagomedovning o‘zi esa amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 28 jang o‘tkazdi, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!