Nurmagomedov Getji bilan jangga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (FOTO)

Nurmagomedov Getji bilan jangga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (FOTO)

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji bilan bo‘lajak jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan suratni Instagram'dagi sahifasiga joylashtirdi.

Nurmagomedov Getji bilan jangga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (FOTO)

Yangi surat ayni vaqtda 318 mingdan ortiq layk to‘pladi. 

Nurmagomedov va Getji jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC-254 doirasida o‘tkaziladi. G‘olibga UFCning yengil vaznda chempionlik kamari taqdim etiladi.

"Tayyorgarlik avjiga chiqmoqda", - deb izoh yozgan suratga Nurmagomedov.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 28 jang o‘tkazgan, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!