Nukus tumanida kam daromadli oilalarga yordam ko‘rsatildi

Nukus tumanida kam daromadli oilalarga yordam ko‘rsatildi

Mamlakatimizda keksalarni e’zozlash, mehr-muruvvat, oqibat ko‘rsatish, ko‘makka muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatish – dono xalqimizga xos yuksak fazilat.
Xayr-saxovat ishlari turlicha bo‘lishi mumkin, asosiysi muhtojlarga yordam ko‘lini cho‘zish. 
Ayni shu maqsadda, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tuman bo‘limi tomonidan hududdagi kam daromadli va kam ta’minlangan oilalarning foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorligini har xil sabablar ko‘ra to‘lay olmayotganlarning mahalla kesimida ro‘yxati shakllantirildi va ularni xayriya sifatida to‘lab berish uchun o‘ziga to‘q, moddiy tomonidan yaxshi ta’minlangan saxovatpesha insonlarga taklif bilan chiqdi.
Ko‘p o‘tmay, Nukus tumanida xalqga xizmat ko‘rsatib faoliyat yuritayotgan tadbirkor tomonidan tumandagi “Samambay” OFY hududida yashovchi fuqaro S.Allamuratovning elektr energiyasidan 575 000 so‘m, tabiiy gazdan 380 000 so‘m qarzdorligini, shuningdek, “Baqanshaqli” OFYda istiqomat qiluvchi B.Uzakovning xonadonidagi tabiiy gazdan 1 229 000 so‘m qarzdorligini to‘lab berdi.
Mazkur tadbirlar Respublika bo‘yicha boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!