Norin va Urgutda rahbarlar attraksionlarga ajratilgan millionlarni "tuya qilishdi"

Norin va Urgutda rahbarlar attraksionlarga ajratilgan millionlarni "tuya qilishdi"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.P.” MCHJ rahbari A.X attraksion jihozlarini olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 228,8 ming AQSh dollarlik jihozlarini sotib olmasdan, kredit mablag‘ini “R.I.” xorij kompaniyasi orqali naqdlashtirib olib o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.J.” MCHJ rahbari S.B. issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!