Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi

Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun jarima ikki baravar oshirildi

O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50-100 BHM dan 100-150 BHM gacha oshirildi. 

Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.

Bu haqda prezident tomonidan 3 dekabrda imzolangan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, 4 dekabrdan boshlab, yong‘inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida katta miqdorda zarar keltiradigan ekologik qoidabuzarliklar uchun 50 dan 100 BHM gacha jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!