“Niqob qutqarmaydi”: JSST maymunchechak qanday yuqishini ma’lum qildi

“Niqob qutqarmaydi”: JSST maymunchechak qanday yuqishini ma’lum qildi

Niqob sizni maymunchechakdan qutqarmaydi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge brifingda.
Aniqlanishicha, virus teri bilan aloqa qilish orqali, ayniqsa jinsiy aloqa paytida yuqadi va kasal hayvondan ham yuqishi mumkin.

Klyuge maymunchechak koronavirus kabi xavf tug‘dirmasligini va rasmiylarning ushbu kasallik tarqalishiga qarshi harakatlari butun dunyo uchun kuch sinovi bo‘lishini ta’kidladi.

Maymunchechak havo-tomchi yo‘li bilan ham tarqalishi mumkin. Virus bilan zararlangan buyumlar, masalan, sochiq yoki choyshablar ham sog‘lom insonga xavf tug‘diradi.

JSST vakili maymunchechak koronavirus kabi xavfli emasligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda Yevropada har oy taxminan 100 ta yangi kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Shunga qaramay Yevropa Ittifoqida maymunchechak tarqalish xavfining oldini olish yoki virusga qarshi emlashni boshlash uchun chegara nazoratini joriy etishni istisno etishgan.
Ayni paytda, Yevropa mintaqasida har oyda 100 ga yaqin yangi maymunchechak kasalligi qayd etilmoqda.

Avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada ushbu virusning tarqalishi xavfi yo‘qligini, chunki uning an’anaviy qadriyatlari kuchli ekanini aytgan edi.

Ayni paytda, Kongo Demokratik Respublikasida va Afrikaning boshqa ba’zi mamlakatlarida ko‘plab maymunchechak infeksiyalari kuzatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!