Niger armiyasi mamlakat janubi-g‘arbida 30 ga yaqin terrorchini yo‘q qildi

Niger armiyasi mamlakat janubi-g‘arbida 30 ga yaqin terrorchini yo‘q qildi

Niger hukumat armiyasi mamlakat janubi-g‘arbida 30 ga yaqin qurolli terrorchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda Maghreb Arabe Press axborot agentligi xabar berdi.

Harbiylar 25 iyun kuni Niger mudofaa va xavfsizlik kuchlarining Tassiya qishlog‘i (Tillaberi viloyatidagi Tera departamenti) yaqinidagi bo‘linmasiga hujumda ishtirok etgan jangarilarni aniqlash bo‘yicha operasiya o‘tkazdi. Hujum natijasida 20 nafar harbiy va bir fuqaro halok bo‘lgan.

Harbiylar Burkina-Faso yo‘nalishi bo‘yicha qochgan terrorchilarni havo razvedkasi yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Niger armiyasi jangarilarning logistika punktini ham yo‘q qildi. Bundan tashqari, xavfsizlik kuchlari Banjo qishlog‘ida 7 nafar terrorchini qo‘lga oldi.

Mali va Burkina-Faso bilan chegaralar yaqinida joylashgan Nigerning janubi-g‘arbiy hududlari bir necha yillardan beri ekstremistik va terroristik guruhlar faolligining kuchaygan hududiga aylanib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!