Netanyahu: «Chuqur ildiz otamiz va dushmanlarimizni yakson etamiz»

Netanyahu: «Chuqur ildiz otamiz va dushmanlarimizni yakson etamiz»

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Falastin yerlarida yahudiylar uchun turar joy qurilishini jadallashtirishga va’da berdi.

U: «Biz turar joy qurishda davom etamiz. Chuqur ildiz otamiz va dushmanlarimizni yakson etamiz», degan.

G‘arbiy sohilda 1967 yildan buyon noqonuniy tarzda qurilgan Isroil turar joy punktlari soni 250 taga yetib, u yerlarda 400 ming yahudiy aholi istiqomat qiladi.

Ayni paytda Isroil G‘arbiy sohilda noqonuniy ravishda yahudiylar uchun 14 ta turar joy binolarini qurishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!