Navoiyda nogirondan pora olgan shaxs qo‘lga tushdi

Navoiyda nogirondan pora olgan shaxs qo‘lga tushdi

Navoiyda tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi raisi nogironligi bor shaxsdan olgan porasini qaytarib berayotganda qo‘lga olindi.

Mazkur jinoyat Karmana tumanida yashovchi II guruh nogironi fuqaro G.J.ning Navoiy viloyat IIB boshlig‘iga murojaati asosida fosh etildi.

Unda fuqaro kasallik oid nafaqa muddatini uzaytirish uchun xulosa olish maqsadida Navoiy tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasiga murojaat qilganligini, SH. ismli komissiya raisi kasalligi to‘g‘risidagi xulosani ikki yillik qilib tayyorlab berish evaziga 1 million 400 ming so‘m talab qilayotganligini bayon etadi.

Fuqaro G.J.ning arizasi asosida Navoiy viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi hodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, Navoiy tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi raisi SH.S. ikkinchi guruh nogironi G. J.dan nogironlik to‘g‘risidagi xulosani ikki yillik qilib berish evaziga joriy iyl 3 aprel kuni pora sifatida olgan 500 mingso‘m pulni qaytarib berayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!