Narx-navoni kim nazorat qiladi?

Narx-navoni kim nazorat qiladi?
Tuxum 300 so‘mdan 750 so‘mgacha, go‘sht 26 ming so‘mdan 44 ming so‘mgacha... 
 
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarini tahlil qilishni davom etadi. 
Unga ko‘ra, 2018 yil 5 avgust holati bo‘yicha mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 26 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni (26 ming so‘m) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin. 
Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 26 – 42 ming so‘m.
 
Toshkent shahrining Farhod, Mirobod, Yunusobod, Qo‘yliq dehqon bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 30 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha sotilmoqda. Eng arzoni Qo‘yiliq dehqon bozorida uchratish mumkin – 28 ming so‘m.
 
Qo‘y go‘shtini eng arzon narxlarini Toshkent shahrining Chorsu dehqon bozorida uchratish mumkin – 26 ming so‘m. Eng qimmati ham poytaxtda – 44 ming so‘m (Qo‘yliq, Yunusobod dehqon bozorlari).
Guruch. Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. guruchning bahosi 3,5 – 11 ming so‘mgacha sotilmoqda. 
 
Respublikaning deyarli barcha bozorlarida guruchni 10 – 12 ming so‘mgacha uchratish mumkin. Eng qimmat narx esa Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 13 ming so‘m.
 
O‘simlik yog‘i. Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. o‘simlik yog‘i 11 – 12 ming so‘m. Ushbu mahsulotning eng arzonini Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida uchratish mumkin – 8 – 10 ming so‘m.
Un. Qarshi shahri “Erqo‘rg‘on” dehqon bozorida 1 kg. un 2 ming 200 so‘mdan 3 ming 500 so‘mgacha sotilmoqda. Eng qimmat narxlar poytaxt bozorlarida 4 – 4,5 ming so‘m.
 
Shakar. Samarqand shahri “Siyob” bozorida 1 kg. shakar 5 ming 500 so‘m. Termiz shahar Markaziy dehqon bozori hamda Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida ushbu mahsulot 5 ming 200 so‘mdan sotilmoqda.
 
Umuman, respublika bozorlaridagi shakar narxini solishtirganda unchalik tafovut yo‘q – 5 ming, 4 ming 500 so‘m.
 
Tuxum. O‘tgan haftada bozorlarda tuxum narxlarining o‘sganini kuzatish mumkin. Eng arzon narxlar 300 so‘m (Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent shahrining Yunusobod dehqon bozori). Eng qimmat narx esa Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 750 so‘m. Qo‘yliq dehqon bozoridagi 200 so‘mlik tuxumlarni uchratmadik. Ushbu bozorda 1 dona tuxum 400 – 600 so‘mdan sotilmoqda. 
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!