Narkotrafik, terrorizm, odam savdosi: O‘zbekiston va Qozog‘iston IIV nimaga kelishdi?

Narkotrafik, terrorizm, odam savdosi: O‘zbekiston va Qozog‘iston IIV nimaga kelishdi?

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari hamraisligida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Vazirlik sohaviy xizmat rahbarlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasiga vazirning birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov rahbarlik qildi.

"Yig‘ilish kun tartibida bugungi kunning dolzarb masalalari, jumladan transchegaraviy jinoyatlar, terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy migrasiya, odam savdosi kabi jinoyatlarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik choralari, ushbu sohalarda chegara hududlarning hamkorligini rivojlantirish hamda kasbiy hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Ikkala tomon oldingi uchrashuvda kelishilgan masalalar, 2017-2018 yillarda vazirliklar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Protokolni amaliyotga tadbiq etish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqishgan.

Shuningdek, ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi, istiqbolli vazifa va yo‘nalishlari belgilab olinib, tomonlar intensiv hamkorlikni davom ettirish hamda unga ko‘proq amaliy salohiyat berishga kelishib olishgan.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston delegasiyasi Olmaota shahar Polisiya departamentining tezkor boshqaruv markazi hamda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha bo‘linmalari xodimlarini jangovar va metodik tayyorlash o‘quv markazining faoliyatlari bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!