Namozga ruxsat bermagan rahbar jazoga tortildi

Namozga ruxsat bermagan rahbar jazoga tortildi

Finlandiya. Xelsinki Turar joy boshqarmasiga ishga kirmoqchi bo‘lgan musulmon kishining ish vaqtida namoz o‘qishiga ruxsat berilmagani va u ishga olinmagani kamsitish sifatida baholandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilda boshqarmaga Xelsinki shahri hokimligi tavsiyasiga ko‘ra loyiha boshqaruvchisi sifatida ishga kirayotgan musulmon kishi shartnoma imzolanayotgan payt ish vaqtida namoz o‘qish uchun oddiy kunlari besh daqiqacha, juma kuni esa bir soatcha vaqt kerak bo‘lishini aytib, ruxsat so‘ragan. Ammo uning iltimosi rad etilgan, o‘zi esa lavozimga tasdiqlangan bo‘lishiga qaramay, ishga olinmagan.

Sudya da’vogarning ibodat erkinligiga to‘sqinlik qilingan degan xulosaga keldi. Turar joy boshqarmasi sobiq direktori Sisko Maryamanaa 40 kunlik qamoqqa hukm qilindi, bu hukm 1800 yevro jarimaga o‘zgartirildi.

“Ibodat erkinligi doirasida ish joylarida qisqa muddatli ibodatlarga ruxsat berilishi va buning uchun maoshdan ushlab qolinmasligi kerak”, – deyiladi sud qarorida.

Xelsinki shahri hokimligi suddan oldin da’vogar bilan kelishib oldi va unga tovon puli sifatida 36 ming yevro to‘laydigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!