Namanganda “Hyundai” zavodi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Namanganda “Hyundai” zavodi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi 2020 yil oktyabr oyining oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov  Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreys-o‘zbek assosiasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirishning keyingi amaliy bosqichlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investision loyihaning texnik parametrlarini hal etishiga qarab, loyihani amalga oshirishni 2020 yil oktyabr oyining oxirigacha boshlash mo‘ljallanayotgani ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, tijorat avtomobillari uchun butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan istiqboldagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!