Namanganda "Cobalt" traktorga borib urildi. Qurbonlar bor

Namanganda "Cobalt" traktorga borib urildi. Qurbonlar bor

Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 1 oktyabr kuni soat 20:00 larda A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining 293 kilometrida Cobalt haydovchisi Toshkent — vodiy yo‘nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan, MTZ-80 rusumli traktorga borib urilgan.

Oqibatda, "Cobalt"da bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar, og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi va yana ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB TB tomonidan tergov qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari tomonidan traktor haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha qat’iy nazorat qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!