Nahotki?! Vladimir Klichko ringga qaytmoqchi!

Nahotki?! Vladimir Klichko ringga qaytmoqchi!

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, ukrainalik bokschi 43 yoshli Vladimir Klichko faoliyatini davom ettirishi mumkinligini aytdi.

“Men jang qilsam bo‘ladimi? Ha. Men ushbu imkoniyatni ochiq tutaman. Bu kimningdir jag‘ini sindirish uchun qaytish bo‘lmaydi. Bu qaytish rekordni yangilash uchun”, dedi bokschi.

Forman rekordiga xavas... Bu jozibadormi? Men buni ajoyib, degan bo‘lardim. Jorj Forman buni amalga oshirdi. Menimcha u chempion bo‘lganida 45 yoshda edi va bu juda ajoyib yutuq”, deydi Klichkolarning kichigi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko so‘nggi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazgan va texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Forman 45 yoshida superog‘ir vaznda jahon chempioni bo‘lgan. Vladimir esa hozirda 43 yoshda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!