Nahotki! Markaziy Osiyo hayotsiz cho‘lga aylanishi mumkin

Nahotki! Markaziy Osiyo hayotsiz cho‘lga aylanishi mumkin

Olimlar Markaziy Osiyo (MO) jonsiz sahroga aylanishi mumkin, deya aytishmoqda, deb yozadi "Populyarnaya mexanika" nashri.

Olimlarning aniqlashlaricha, 34 million yil oldin iqlimning keskin o‘zgarishi mintaqada ekologik falokatga olib kelgan. Bu voqea mintaqaning biologik xilma-xilligini bir umrga o‘zgartirgan. Mo‘g‘uliston, Tibet va Shimoli-G‘arbiy Xitoy ozgina o‘simliklar o‘sadigan keng qurg‘oq cho‘llarga aylangan. Bu zamin qariyb 20 million yil davomida shu holatda bo‘lgan. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashlaricha, xuddi shu ssenariy tez orada takrorlanishi mumkin.

Osiyodagi qazilma changni o‘rganib chiqqan olimlar millionlab yillar davomida Markaziy Osiyo sahrodan iborat bo‘lgani, bu yerda asosan mayda kemiruvchilar yashagan, degan xulosaga kelishdi.

Ilgari bu mintaqa deyarli har doim o‘rmonzor bilan qoplangan, va faqat vaqt o‘tishi bilan bu yerda bir nechta cho‘llar paydo bo‘lgan, deya hisoblanar edi. Biroq, yangi tadqiqot mualliflarining fikricha, mintaqaning hozirgi holati - bu aks-harakatlar, ya’ni qurg‘oq sahrolar o‘simlik bilan qoplanishi natijasidir.

Olingan natijalar mintaqadagi bioxilma-xillik, qishloq xo‘jaligi va inson farovonligi kelajagi uchun jiddiy oqibatlar to‘g‘risida ma’lumot bermoqda. O‘tmishdagi faktlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar cho‘llar ko‘payishda davom etsa, Markaziy Osiyo hech qachon ilk cho‘llanishdan oldin mavjud bo‘lgan noyob biologik xilma-xilligini tiklay olmaydi", - deya izoh beradi tadqiqot ishi yetakchi muallifi Natasha Barbolini.

Ushbu tadqiqotlar Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo kengashning Markaziy Osiyo tezda sayyoradagi eng issiq va eng quruq joylaridan biriga aylanib borayotganligini ko‘rsatadigan prognozlariga mos keladi, deya ta’kidlangan "Populyarnaya mexanika" nashrida.

Tadqiqot hammuallifi Karina Xorn aytishicha, qachonlardir dominantlik qilgan ayrim o‘simliklar mintaqada hali ham bor, ammo ular juda kamyobdir. Bu shundan dalolat beradiki, iqlimning tezlikda o‘zgarishi populyasiyaning ortga qaytmas o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligiga ishora qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!